"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu 150 mln evrolik soliqni yashirish bo‘yicha firibgarliklarga aralashgani ma’lum bo‘ldi. Bu firibgarlik sxemasini futbolchining agenti Xorxe Mendesh ishlab chiqqan. Soliqlarni yashirishda Joze Mourino ham ishtirok etgan.
Evropaning 12 ta nashri jurnalistlari professional futbolda noqonuniy pul operasiyalarini fosh qilish maqsadida Football Leaks konsorsiumga birlashdilar. Konsorsium yaqin uch hafta ichida mojaroli ma’lumotlarni taqdim qilmoqchi, biroq bu konsorsiumga kiruvchi Spiegel nashri bu ma’lumotlardan bir qismini oldinroq chop etdi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Ronaldu Shveysariya va Britan Virgin orollaridagi ofshor kompaniyalarda 150 mln evro miqdorida soliqni yashirgan.
Nashrning yozishicha, soliqni yashirishda Mendeshning mijozi bo‘lgan Joze Mourino ham ishtirok etgan. Mourino 12 mln evrolik soliqni yashirishda ayblanmoqda.
Bu fosh qiluvchi materiallar chop etilishidan avval Mendesh kompaniyasi Ronaldu va Mourino "Ispaniya va Britaniya hukumatlari oldida barcha soliq majburiyatlarini to‘liq bajarganlari" haqida bayonot chop etgandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Rossiya armiyasining «Janub» qo‘shinlar guruhi qo‘mondoni lavozimidan chetlatildi
Tayvanning sobiq prezidenti Ukraina borasida kutilmagan bayonot berdi
Isroilning Iordaniyadagi elchixonasi yonida otishma yuz berdi
Raqamli dalillarni sudga taqdim etish tartibi tasdiqlandi
Shahram G‘iyosovning Eymantas Stanionisga qarshi jangi sanasi ma’lum bo‘ldi