
Ispaniya chempionati 14-turidan o‘rin olgan “Barselona” va “Real” o‘rtasidagi o‘yin o‘z yakuniga etdi. Unda 1:1 hisobidagi durang qayd etildi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limi deyarli tengkurashlar ostida o‘tdi. “Real”, xususan Ronaldu bir necha vaziyatlarga ega bo‘lgandi, ammo gol ura olmadi. Messi esa jarima zarbasidan unumli foydalana olmadi.
Ikkinchi bo‘limda ham “Real” o‘yinni faol boshladi. Bir necha vaziyatlarda ter Shtegen yaxshi harakat qildi.
Ammo o‘yindagi ilk golni Luis Suares kiritdi. 53-daqiqada Neymarning jarima zarbasidan uzatgan to‘pini Luis Suares boshi bilan Keylor Navas darvozasiga aniq yo‘lladi – 1:0.
“Real” vaziyatni o‘nglash uchun bir qancha harakat qildi. O‘yin yakunida Serxio Ramos jarima zarbasidan uzatilgan to‘pga boshi bilan aniq zarba berib, hisobni tenglashtirdi.
Manba: www.fut.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar