
Dunyo sport sahnasida yana og‘ir va qayg‘uli voqea — ispaniyalik tennis afsonasi Rafael Nadal portugaliyalik futbol yulduzi Diogu Jota va uning ukasi Andre Silvaning fojiali o‘limi munosabati bilan chuqur hamdardlik bildirdi. Nadal o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ushbu voqeadan qattiq iztirobda ekanini yashirmadi va Jota hamda Silvaning oilasiga, farzandlariga va yaqinlariga sabr va kuch tiladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mudhish avtohalokat 3 iyul kuni Ispaniyada yuz bergan. "Liverpul" va Portugaliya terma jamoasi futbolchisi Diogu Jota ukasi — "Penafiyel" yarim himoyachisi Andre Silva bilan birga hayotdan bevaqt ko‘z yumdi. Bu fojia nafaqat futbol, balki butun sport olamini tag-tomiri bilan larzaga keltirdi. Turli davlatlardan sport yulduzlari, jamoadoshlar, mashhur murabbiylar va millionlab muxlislar Jota hamda Silvaning oilasiga hamdardlik va tasalli so‘zlari yo‘llashdi.
Rafael Nadal ham ular qatorida: “Juda qayg‘uli va og‘riqli xabar. Uning rafiqasi, farzandlari, oilasi va do‘stlariga samimiy hamdardlik bildiraman va qo‘llab-quvvatlayman. Diogu Jota va Andre Silvaning ruhlari tinch bo‘lsin”, — deb yozdi u o‘z sahifasida.
Tennis olamining eng yetakchi shaxslaridan biri sifatida Nadalning bu so‘zlari sportdagi haqiqiy insonparvarlik va birdamlik ramzi bo‘ldi. Uning murojaati, sportning barcha sohalarida do‘stlik va qo‘llab-quvvatlash qadriyatlari doimo ustuvor bo‘lishi kerakligini yana bir bor namoyon etdi.
Fojiali voqea sababli butun Yevropa va jahon bo‘ylab Jota va Silvaning xotirasi uchun turli yodgorlik marosimlari, duolar va motam tadbirlari o‘tkazilayotgani aytiladi. Muxlislar esa bu ikki yulduzning yorqin xotirasi va ilhomini abadiy saqlab qolishga va’da berishmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar