date

Eron klublarida o‘zbekistonliklar soni oshmoqda: Tursunov "Fulad"ga yaqin

Eron klublarida o‘zbekistonliklar soni oshmoqda: Tursunov "Fulad"ga yaqin
Yaqin Sharq futbolida o‘zbekistonlik futbolchilarning soni yil sayin ortib borayotgani yana bir bor tasdiqlanmoqda. Yaqinda “Xorazm” jamoasining tajribali himoyachisi Doston Tursunov Eronning mashhur “Fulad” klubiga o‘tishiga bir qadam qoldi, deb xabar bermoqda mahalliy manbalar.

Avvalroq, Rustam Ashurmatov ham Eronning “Istiqlol” klubi bilan rasman shartnoma imzolagan edi. Shu bilan birga, “Fulad” safida yana bir o‘zbekistonlik futbolchi — darvozabon O‘tkir Yusupov ham muvaffaqiyatli faoliyat olib bormoqda.

Doston Tursunov bu mavsumning birinchi yarmida “Xorazm” tarkibida 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘zining barqaror o‘yini va tajribasi bilan murabbiylar ishonchini oqladi. 30 yoshli himoyachi o‘zining yuqori saviyadagi o‘yini bilan Eron klublarining ham diqqat markaziga aylandi.

Muttaxassislar fikricha, Eron klublari so‘nggi yillarda o‘zbekistonlik futbolchilarga katta qiziqish bilan yondoshmoqda. Bu esa mamlakat futbolchilari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochib, professional o‘sishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Agar Doston Tursunov “Fulad” klubiga o‘tsa, u yerda yurtimiz sharafini munosib himoya qiladigan navbatdagi o‘zbekistonlik futbolchiga aylanishi shubhasiz. Bu esa kelgusida Eron chempionatida yurtimiz legionerlarining soni yana ortadi, degan umidni yanada kuchaytiradi.

Zamin.uz sayti o‘zbekistonlik futbolchilarning xalqaro maydonlardagi faoliyatini kuzatishda davom etadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Eron klublarida o‘zbekistonliklar soni oshmoqda: Tursunov "Fulad"ga yaqin