"Roma" yangi libosini taqdim etdi: an’ana va zamonaviylik uyg‘unligi

"Roma" yangi libosini taqdim etdi: an’ana va zamonaviylik uyg‘unligi
Italiyaning mashhur “Roma” klubi 2025/26-yilgi mavsum uchun yangi uy formasini rasman taqdim etdi. Yangi libos dizayn jihatidan muxlislarda allaqachon katta qiziqish uyg‘otdi — u 90-yillar boshiga xos uslubda, klubning an’anaviy sariq va qizil ranglarida ishlangan.

Rasmiy bayonotda aytilishicha, bu forma Adidas brendining eng mashhur tarixiy futbolkalaridan ilhomlangan holda yaratilgan. Asosiy maqsad — “Roma” muxlislarining sevgi va faxrini jonlantirish, klub tarixiga ehtirom ko‘rsatish va o‘tmishdan ilhomlanib, yangi avlodga yaqinlashishdir.
"Roma" yangi libosini taqdim etdi: an’ana va zamonaviylik uyg‘unligi
Klub ushbu libosni “an’analar va zamonaviylikning uyg‘unligi” deb atadi. Formadagi ranglar, chiziqlar va uslub detallari — barchasi “Roma” timsoli bo‘lgan fidoyilik, ilhom va ishonchni namoyon qiladi.
"Roma" yangi libosini taqdim etdi: an’ana va zamonaviylik uyg‘unligi
Ayni paytda yangi formaning sotuvi boshlangan va ko‘plab muxlislar uni sotib olish uchun klub do‘konlariga shoshila boshladi.
"Roma" yangi libosini taqdim etdi: an’ana va zamonaviylik uyg‘unligi
Kutilganidek, yangi mavsumda “Roma” futbolchilari o‘z tarixlariga va muxlislariga bo‘lgan muhabbatini aynan shu libos orqali namoyon etadi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar