date

Anchelottining o‘g‘li uchun yangi bosqich: "Botafogo"ga bosh murabbiy tayinlandi

Anchelottining o‘g‘li uchun yangi bosqich: "Botafogo"ga bosh murabbiy tayinlandi
Futbol olamida yana bir katta yangilik — mashhur murabbiy Karlo Anchelottining o‘g‘li Davide Anchelotti mustaqil murabbiylik faoliyatini boshladi. Braziliyaning mashhur klubi “Botafogo” Davideni jamoa bosh murabbiyi etib tayinladi. Bu haqda klub rasmiy sayti orqali ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 35 yoshli mutaxassis bilan tuzilgan shartnoma 2026 yil oxirigacha amal qiladi. Uning murabbiylik yo‘li Karlo Anchelottining yonida boshlangan va u so‘nggi yillarda otasining shtablarida faol ishlagan. Endilikda esa Davide o‘z yo‘lini mustaqil boshlaydi.

E’tiborli jihati shundaki, Davide Anchelotti otasi boshchiligidagi Braziliya milliy terma jamoasida yordamchi murabbiy lavozimini tark etishga qaror qildi. Unga “Botafogo”da to‘liq bosh murabbiylik mas’uliyati topshirildi.

Muxlislar va futbol mutaxassislari bu tayinlovni katta qiziqish bilan kuzatmoqda. Ba’zilar Davideni otasining muvaffaqiyatli izidan ketishi mumkin deb baholashmoqda, boshqalar esa yosh mutaxassisning sinovli yo‘lini kuzatishmoqda.

Braziliya chempionatida tajribali murabbiylar fonida o‘zini ko‘rsatish — oson vazifa emas. Ammo Davideni oldinda jiddiy sinovlar, katta imkoniyatlar va futbolchilar ishonchi kutib turibdi.

Siz nima deb o‘ylaysiz: Anchelotti familiyasi yangi tarix yoza oladimi?
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Anchelottining o‘g‘li uchun yangi bosqich: "Botafogo"ga bosh murabbiy tayinlandi