
Istanbulning mashhur “Galatasaroy” klubi nigeriyalik to‘purar Viktor Osimxenni o‘z tarkibida saqlab qolish uchun barcha choralarni ko‘rmoqda. Klub mutasaddilari hujumchining transferi uchun 75 million yevro to‘lashga tayyor ekanini ma’lum qilgan — bu esa uning “Napoli” bilan tuzgan shartnomasidagi rasmiy tovon puli hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, Viktor Osimxen o‘tgan mavsumni “Galatasaroy” safida ijara asosida o‘tkazgan va muxlislarni hayratga solgan statistikaga erishgan — 41 o‘yinda 37 ta gol! Uning tezkorligi, golli vaziyatda to‘g‘ri qaror qabul qilish qobiliyati va yuqori jismoniy tayyorgarligi jamoaning chempionlik yurishlarida muhim omil bo‘ldi.
“Galatasaroy” rahbariyati hozirda “Napoli” bilan muzokaralarni boshlagan bo‘lib, transferning rasmiylashishi uchun barcha iqtisodiy va yuridik jihatlar ko‘rib chiqilmoqda. Klub muxlislari esa Osimxenni jamoa tarixidagi eng qimmat transfer sifatida ko‘rishga umid qilmoqda.
Ekspertlar fikricha, agar bu kelishuv amalga oshsa, “Galatasaroy” nafaqat kuchli hujumchini o‘z tarkibida saqlab qoladi, balki Yevropa futbolidagi ambitsiyasini yana bir bor isbotlaydi.
Siz nima deb o‘ylaysiz, Osimxen Turkiyada qoladimi yoki uning yo‘li yana katta ligani ko‘rsatadimi? “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar