date

Kvaratsxeliya "Real"ga qarshi o‘yin oldidan ochiq gapirdi: “Mbappe bilan ular xavfliroq”

Kvaratsxeliya "Real"ga qarshi o‘yin oldidan ochiq gapirdi: “Mbappe bilan ular xavfliroq”
PSJ klubining yarqin yulduzi Xvicha Kvaratsxeliya jahon klublar chempionati yarim finali oldidan "Real Madrid" haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Eslatib o‘tamiz, 9 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan ushbu bahsda PSJ va "Qirollik klubi" finalga yo‘llanma uchun maydonga tushadi.

Kvaratsxeliya intervyusida "Real" tarkibini yuqori baholadi va jamoa faqat bir futbolchiga bog‘liq emasligini ta’kidladi:
— “Real” juda kuchli jamoa. Faqat Mbappe emas, ularning har bir futbolchisiga hurmat bilan yondoshish kerak. Biz to‘liq e’tiborimizni shu o‘yinga qaratib, jiddiy tayyorgarlik ko‘ryapmiz", — dedi PSJning gruziyalik hujumchisi.

Mbappe bilan bog‘liq savolga javob berar ekan, Xvicha shunday dedi:
— “Bu oson savol emas. Mbappe – hozirgi zamonning eng yaxshi futbolchilaridan biri. Uning maydonda bo‘lishi “Real”ni yanada xavfli jamoaga aylantiradi.”

Eslatib o‘tamiz, Kilian Mbappe o‘tgan bahsda Dortmundning “Borussiya”siga qarshi o‘yinda gol kiritib, jahon chempionatidagi hisobini ochgandi. Endi barcha e’tibor — PSJ va “Real” o‘rtasidagi kuchli to‘qnashuvga qaratilgan.

Siz nima deb o‘ylaysiz: Mbappeli “Real”ni to‘xtatish mumkinmi?
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Kvaratsxeliya "Real"ga qarshi o‘yin oldidan ochiq gapirdi: “Mbappe bilan ular xavfliroq”