date

O‘zPFL delegatsiyasi AQSHda MLS tajribasini o‘rganmoqda

O‘zPFL delegatsiyasi AQSHda MLS tajribasini o‘rganmoqda
Superligada yuzaga kelgan tanaffusdan foydalangan holda, Liga mutaxassislari tajriba almashish maqsadida MLS bosh qarorgohida bo‘ldi. Nyu-York MLS va O‘zPFL vakillari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Sir emaski, har ikki tashkilot mutaxassislari har yili Jahon ligalari assotsiatsiyasining yillik kongressida birgalikda ishtirok etadi.

1996 yilda tashkil topgan MLS o‘zining 30 yillik tarixida katta yo‘lni bosib o‘tishga erishdi. Bugunga kelib MLS teletranslyatsiya huquqlari, marketing, futbolchilar bilan shartnomaviy munosabatlar kabi masalalarda ulkan muvaffaqiyatlarga erishib kelmoqda. Mazkur jarayonlar va bu yo‘lda bosib o‘tilgan qadamlar O‘zPFL uchun katta maktab vazifasini o‘tay oladi. Shunday ekan, MLS bilan o‘zaro tajriba almashish O‘zPFL uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

AQSH safariga Liga rahbari Diyor Imomxo‘jayev boshchiligida Musobaqalarni o‘tkazish, Marketing, Xalqaro aloqalar hamda Media bo‘limi boshliqlari, shuningdek, O‘zbekiston futbolchilar uyushmasi raisi hamda bir vaqtning o‘zida Liga Ijroiya qo‘mitasi a’zosi hisoblangan Kamoliddin Murzoyev yo‘l oldi. Ishchi guruh a’zolarini MLS'ning musobaqalar masalalari bo‘yicha ijrochi vitse-prezidenti Nelson Rodriges kutib oldi va u tashkilot mutaxassislari bilan o‘tkazilgan barcha uchrashuvlarda bevosita ishtirok etdi.

Liga taklifidan kelib chiqqan holda, MLS quyidagi mavzularning har biri bo‘yicha alohida taqdimotlar tayyorlagan bo‘lib, ular shu yo‘nalishlar uchun javobgar bo‘lgan asosiy koordinatorlar tomonidan ma’ruza qilindi:

- Intellektual mulk va tijoriy huquqlar — Shinenn Fizerston (Biznes masalalari konsuli), Jordan Franklin (Yordamchi konsul);
- Musobaqalar o‘tkazish masalalari — Pol Greyfer (Musobaqalar o‘tkazish bo‘limi bosh mutaxassisi);
- MLS Next va MLS Next Pro dasturlari — Gordon Bengston (MLS Next dasturi koordinatori);
- Futbolchilar shartnomalarini boshqarish — Kristina LaBri (Shartnomalar bo‘limi ofitseri);
- Translyatsiyalar va media — Yohanna Roxas (Translyatsiya masalalari koordinatori).

Manba: pfl.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zPFL delegatsiyasi AQSHda MLS tajribasini o‘rganmoqda