
“Barselona” o‘zining mashhur “Kamp Nou” stadionini keng qamrovli rekonstruksiya qilmoqda, deb Euro-football.ru xabar berdi.
Jamoa bosh murabbiyi Hans-Diter Flik boshchiligida yaqin orada yangilangan arenada o‘ynay boshlaydi. Biroq qurilish ishlari hali ham davom etmoqda. Yangi “Kamp Nou” stadionining to‘liq ochilishi 2026/2027 yilgi mavsum boshlanishidan avval, tom yopilishi yakunlangach amalga oshiriladi.
Klub ushbu ochilish doirasida Lionel Messiga hurmat marosimini o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Mundo Deportivo nashriga ko‘ra, “Barselona” Messini 2026 yil yozida stadion ochilishiga taklif qilishni mo‘ljallagan.
Ma’lumot uchun, “Barselona” 2021 yil yozida moliyaviy muammolar sababli Messiga yangi shartnoma taklif eta olmagandi. Stadionning yangilanishi klubning kelgusi muvaffaqiyatlari uchun muhim qadam hisoblanadi.
Yangi “Kamp Nou” zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlanadi, shuningdek, muxlislar uchun ko‘plab qulayliklar yaratiladi. Bu “Barselona” futbolining yangi bosqichi bo‘lishi kutilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar