
Angliyaning eng nufuzli jamoalaridan biri — “Manchester Siti”da katta o‘zgarishlar bo‘lishi kutilyapti. Jamoa ustozi Pep Gvardiola yana bir bor o‘z uslubida qat’iy qaror qabul qildi. Uning aytishicha, jamoa tarkibidagi futbolchilar sonini qisqartirish vaqti keldi.
Bu haqda bir qator xorijiy OAVlar xabar tarqatdi. Ular yozishicha, “shaharliklar”ni boshqarayotgan Gvardiola yozgi transfer oynasida bir vaqtning o‘zida 6 nafar futbolchi bilan xayrlashishga tayyor. Ushbu futbolchilarning ayrimlari anchadan beri zaxirada qolib ketgan, ayrimlari esa boshqa jamoalardan qiziqish uyg‘otmoqda.
Ro‘yxatda quyidagi futbolchilar nomi qayd etilgan:
– Jon Stounz
– Niko O'Rayli
– Mateo Kovachich
– Ilkay Gyundogan
– Klaudio Echeverri
– Oskar Bobb
“Manchester Siti” rahbariyati mazkur futbolchilar bo‘yicha har qanday rasmiy taklifni ko‘rib chiqishga tayyor ekanini ma’lum qilgan. Bu esa, albatta, Yevropa grandlari uchun katta imkoniyat sifatida baholanmoqda.
Pep Gvardiolaning bu qarori jamoadagi raqobatni yanada kuchaytirish, tarkibni sifat jihatdan qayta shakllantirishga qaratilgan. Uning ta’kidlashicha, muvaffaqiyat kaliti — jamoadagi aniq rol va zarur tarkibiy muvozanatdir.
Aytish joizki, ushbu futbolchilarning ba’zilari avvalroq turli klublar bilan bog‘langan edi. Masalan, Ilkay Gyundogan haqida “Barselona” va “Beshiktosh” kabi jamoalar qiziqish bildirgan. Kovachich esa Italiya chempionatiga qaytishi mumkin degan mish-mishlar yurgan.
Eslatib o‘tamiz, Gvardiola “Siti”dagi har bir mavsumda tarkibni qayta ko‘rib chiqishga odatlangandek. Uning boshqaruv uslubida eski nomlarga emas, balki zamonaviy talablarga mos futbolchilarga ishonch bildirish asosiy mezon hisoblanadi.
Futbol muxlislari esa ushbu transfer yangiliklarini qiziqish bilan kuzatishmoqda. Kim ketadi, kim qoladi — bu savollar javobini yaqin haftalarda bilib olamiz. Bir narsa aniq: “Manchester Siti”da yana katta o‘zgarishlar bo‘lmoqda! “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar