Husanov klubi Puma bilan 1 mlrd funtlik shartnoma tuzdi

Husanov klubi Puma bilan 1 mlrd funtlik shartnoma tuzdi
“Manchester Siti” Germaniyaning Puma brendi bilan homiylik shartnomasini uzaytirdi, deb Kursiv Reuters agentligiga tayanib xabar berdi. Yangi uzoq muddatli kelishuv qiymati Britaniya OAV ma’lumotiga ko‘ra 1 milliard funt sterlingni (taxminan $1,35 milliard) tashkil qiladi. Bu Angliya Premyer ligasi tarixidagi eng yirik reklama shartnomasidir.

Shartnoma kamida 10 yilga mo‘ljallangan bo‘lib, klub har yili 100 million funt daromad oladi. Bu avvalgi, 2019-yilda tuzilgan kelishuvdagi 65 million funtdan ancha yuqori.

Shunday qilib, “Manchester Siti” nafaqat moliyaviy imkoniyatlarini mustahkamladi, balki futbol jihozlari va homiylik bozorida yangi standart o‘rnatmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar