date

"Andijon" murabbiylar shtabiga ukrainalik mutaxassis qo‘shildi

"Andijon" murabbiylar shtabiga ukrainalik mutaxassis qo‘shildi
Yangi mavsumga puxta tayyorgarlik ko‘rayotgan jamoalar faqat o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari bilan cheklanib qolmayapti. Ular seleksiya ishlariga ham jiddiy yondashishmoqda. Ayniqsa, murabbiylar shtabi tarkibiga malakali mutaxassislarni jalb etish – muhim vazifaga aylangan.

Shu jihatdan Tojikistonda yig‘in o‘tkazayotgan "Andijon" klubi jiddiy qadam tashladi. Jamoa murabbiylar shtabi yangi mutaxassis bilan to‘ldirildi. Rasmiy xabarga ko‘ra, ukrainalik Nikolay Tishenko endilikda jamoada analitik murabbiy sifatida ish boshladi.

Futbol muhlislariga begona bo‘lmagan Tishenko avvalroq ham bir qator klublarda o‘zini sinab ko‘rgan. U 1987 yilning 12 dekabrida dunyoga kelgan bo‘lib, so‘nggi ikki yil – 2023 va 2024 yilgi mavsumlarda yurtimiz chempionatida, ya’ni Muborakning “Mash’al” klubida faoliyat yuritgan.

Nikolay Vitalevichning murabbiylik faoliyati faqat O‘zbekiston bilan chegaralanib qolmagan. Uning mehnat yo‘li Ukrainadagi “Agrodim” va “Yednist” klublarida, shuningdek, Latviyaning “Riga” jamoasida ham davom etgan. So‘nggi paytlarda esa Qirg‘izistonning “Muras Yunayted” klubida ishlab kelgan.

Aynan shu tajriba, turli mamlakatlarda yig‘ilgan bilim va tahlil qobiliyati "Andijon" jamoasiga katta foyda keltirishi kutilmoqda. Zamonaviy futbolda raqibni sinchkovlik bilan o‘rganish, o‘yin tahlillari asosida strategiya tuzish juda muhim. Bu borada Nikolay Tishenko jamoaga yangi nafas olib kirishi mumkin.

Muxlislar esa yangi mutaxassisning jamoaga qanday ta’sir ko‘rsatishini qiziqish bilan kuzatmoqda. Sababi, hozirgi futbol faqat maydondagi kurash emas – u tahlil, reja va jamoaviy harakatni talab qiladi.

Qizig‘i shundaki, bu kabi tahlilchi murabbiylar – ko‘pincha jamoa yutuqlarining ortidagi “ko‘rinmas qahramon” sifatida baholanadi. Balki aynan Tishenkoning kelishi bilan "Andijon" jamoasi o‘yinida sezilarli o‘zgarishlar yuz berar…
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Andijon" murabbiylar shtabiga ukrainalik mutaxassis qo‘shildi