date

Yamalning 10-raqamli futbolkasi "Barselona"ga pul “yomg‘ir”ini yog‘dirdi

Yamalning 10-raqamli futbolkasi "Barselona"ga pul “yomg‘ir”ini yog‘dirdi
Kataloniya klubi tarixidagi eng yosh yulduzlardan biri — Lamin Yamal jamoa uchun nafaqat maydonda, balki tijorat sohasida ham ajoyib natijalar qayd etmoqda. “Barselona”ning rasman ma’lum qilishicha, Yamalning 10-raqamli yangi futbolkalari mana bir kundayoq sotuvda portlashga sabab bo‘ldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 16 iyul kuni Yamalning kelasi mavsumdagi raqami – “o‘n” deb e’lon qilinganidan so‘ng, jahon bo‘ylab uning nomini o‘z ichiga olgan 70 ming dona futbolka sotilgan. Bu o‘ta qisqa vaqtda klub tarixidagi eng muvaffaqiyatli libos sotuvlaridan biriga aylandi.

Taxminiy hisob-kitoblarga qaraganda, bir kun ichidagi foyda 10 million yevroni tashkil qilgan. Aniq sonlar yaqin kunlarda rasman e’lon qilinishi kutilmoqda. E’tiborli jihati shundaki, ushbu liboslar dunyo bo‘yicha 170 ta davlatda sotilgan. Bu Yamalning ommaviy quvvatga ega futbolchiga aylanganini yaqqol namoyon etmoqda.

Kataloniya klubi tarixidagi “10” raqami alohida ramzga ega. Unga ilgari Lionel Messi, Ronaldino kabi afsonaviy futbolchilar egalik qilgan. Endi esa bu sharafli raqam yosh darg‘azab Lamin Yamalga topshirildi. Klub va uning muxlislari bu qaror ortidan katta kelajakni kutmoqda.

Futbolchilik faoliyatida endigina yuksalish yo‘liga kirgan Yamal bu natijalar bilan ishonchni oqlayotganini namoyon qilmoqda. Unga bo‘lgan qiziqish nafaqat Ispaniyada, balki xalqaro darajada ham ortib bormoqda.

Muxlislar esa bu raqam ortidagi yurak, harakat va irodani har bir o‘yinda ko‘rishni orzu qilayotgani aniq. Yamal va “Barsa” uchun esa bu hali faqat boshlanishi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yamalning 10-raqamli futbolkasi "Barselona"ga pul “yomg‘ir”ini yog‘dirdi