«Al Nassr»ning yangi bosh murabbiyi Jorje Jezush hujumchi Krishtianu Ronalduning o‘yiniga baho berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ronalduning 40 yoshda bo‘lishga qaramay, hali ham futbol maydonida juda kuchli o‘ynashi a’lo darajada.
"U 40 yoshda va hali ham o‘ynamoqda. Futboldan tashqari fikrlarimiz juda o‘xshash. Men 70 yoshdaman, lekin buni na ruhan, na jismonan his qilaman. Ronaldu – katta masshtabdagi shaxs. Biz Portugaliyada uni qanday baholashni ham bilmaymiz. U dunyodagi eng buyuk inson. U aql bovar qilmas mashhur odam. Krishtianu futboldan ancha ilgarilab ketdi", – deb aytgan Jezush.
Shuningdek, Jezush o‘zining Saudiya Arabistonining «Al Nassr» klubiga 14 iyul kuni bosh murabbiy sifatida keldi. Uning kelishi bilan klubning yangi bosqichga ko‘tarilishi va jamoa faoliyatida yangi yo‘nalishlar olib borilishi kutilmoqda.
Jorje Jezush Ronalduning o‘yini haqida: «U dunyodagi eng buyuk inson»
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar