Xabi Alonso, “Real Madrid”dagi yangi faoliyatida jamoaning asosiy “nozik nuqtalari”ni aniqlab, o‘zining transfer siyosatini belgiladi. Ispaniyalik mutaxassis, klubni qabul qilib olgandan so‘ng, jamoa tarkibini ko‘p jihatdan to‘g‘rilashga harakat qilmoqda. Alonso birinchi navbatda zaif pozitsiyalar uchun yangi ijrochilarni jalb qilishga e’tibor qaratmoqda.
"Real Madrid" o‘zining transfer siyosatida oldindan tayyorgarlik ko‘rishni yoqtiradi. Xabi Alonso jamoani yangi o‘yinchilar bilan kuchaytirish maqsadida 2026 yilning yozgi transfer bozori uchun ikkita muhim himoyachi belgilab qo‘ydi.
Alonso jamoaning himoya chizig‘ini qayta tashkil qilishni rejalashtirgan. Bu yil jamoaga “Liverpul”ning mashhur himoyachisi Trent Aleksander Arnold va “Ayaks”dan Din Xyoysen kelgan. Bir yildan keyin, Alonso yangi transferlar olib kelishni rejalashtirgan. Bu orqali jamoa “Arsenal”da o‘ynayotgan Yevropa futbolining eng kuchli markaziy himoyachisi Vilyam Saliba va “Liverpul” bilan shartnomasining oxirgi yilini o‘tkazayotgan Ibrohim Konate bilan to‘ldiriladi.
Fransiya terma jamoasining bu ikki yosh himoyachisi o‘z tajribasi, ishonchli o‘yini va yuqori darajadagi uchrashuvlarda ko‘rsatgan natijalari bilan “Real Madrid”ning talablariga to‘liq javob beradi.
Xabi Alonso “Real Madrid”ni yangi himoyachilar bilan kuchaytirmoqchi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar