date

Viktor Osimhen uchun “Galatasaray”da yangi davr boshlanmoqda

Viktor Osimhen uchun “Galatasaray”da yangi davr boshlanmoqda
Turkiyaning yetakchi klubi “Galatasaray” Viktor Osimhenni to‘liq xarid qilish borasida Italiyaning “Napoli” klubi bilan muzokaralarning hal qiluvchi bosqichida ekani ma’lum bo‘ldi, deb xabar berdi insayder Fabritsio Romano.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, har ikki tomon transfer shartlarining asosiy jihatlari yuzasidan kelishuvga erishgan. O‘tgan mavsumni Istanbul klubida ijara asosida o‘tkazgan Osimhen jamoa hujum chizig‘ida o‘zining yetakchi o‘rnini mustahkamladi. Nigeriyalik to‘purar o‘tgan mavsum barcha musobaqalarda 41 ta o‘yinda 37 ta gol urgan va 8 bor golli pas uzatgan.

Bunday samaradorlik natijasida “Galatasaray” rahbariyati to‘liq transfer uchun jiddiy mablag‘ yo‘naltirishga qaror qildi. Manbalarda qayd etilishicha, kelishuv qiymati 70 million yevro atrofida bo‘lishi mumkin.

Viktor Osimhenning Istanbulda qolishi va to‘liq transferining amalga oshishi “Galatasaray”ning yangi mavsumdagi chempionlik ambitsiyalari va Yevropa maydonlaridagi maqsadlarini yanada mustahkamlaydi. Muxlislar esa yangi mavsumda Osimhendan yana ko‘p gol va hujumda jarqillagan o‘yinlar kutishmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Viktor Osimhen uchun “Galatasaray”da yangi davr boshlanmoqda