Mirabror Usmonov xotira turniri doirasida bo‘lib o‘tgan Saudiya Arabistoni U-23 hamda Yaponiya U-23 (1:5) uchrashuvidan so‘ng, saudiyalik yosh futbolchi Abbos Al Hasan o‘z taassurotlarini baham ko‘rdi.
“Jamoamizning o‘yinida biroz sustlik kuzatildi. Aslida, barcha harakatimizni ishga soldik, ammo omad bu safar bizdan yuz o‘girdi. Musobaqada bunday ko‘ngilsiz natija qayd etishimizga nimalar sabab bo‘lganini aniq ayta olmayman. Lekin o‘ylaymanki, bo‘lajak raqiblarimizni solishtirganda, O‘zbekiston Yaponiyaga nisbatan kuchliroq ekanini his qildim”, – dedi Al Hasan.
Yosh futbolchi bu bellashuvdan keyin o‘zi va jamoadoshlariga xulosalar chiqarish va navbatdagi uchrashuvlarga jiddiy tayyorgarlik ko‘rish zarurligini ta’kidladi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston va Yaponiya U-23 terma jamoalari o‘rtasidagi navbatdagi to‘qnashuv 28 iyul kuni o‘tkaziladi.
Saudiyalik yarim himoyachining fikrlari turnirdagi intrigani yanada kuchaytirdi. Muxlislar esa, O‘zbekiston yoshlar jamoasidan yana bir yorqin o‘yin va natija kutib qolmoqda.
Foto: championat.asia
Oqil Abdubarnoyev suhbatlashdi.
Manba: championat.asia
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!