Umar Momani: Ronaldu, Messi, Fellayni, Ramos, Gvardiola, Konte, Shapekoense

Umar Momani: Ronaldu, Messi, Fellayni, Ramos, Gvardiola, Konte, Shapekoense
Umar Momani yangi karikaturalarni taqdim etdi.

1. Tim Kexill
Umar Momani: Ronaldu, Messi, Fellayni, Ramos, Gvardiola, Konte, Shapekoense
Avstraliya futbolida o‘ziga xos iz qoldirgan Tim Kexill 6 dekabr kuni o‘z tug‘ilgan kunini nishonladi.

2. Shvaynshtayger qaytdi!
Umar Momani: Ronaldu, Messi, Fellayni, Ramos, Gvardiola, Konte, Shapekoense

Nihoyat Mourinoga yoqmayroq turgan Bastian Shvaynshtayger Angliya liga kubogi doirasida "Vest Xem"ga qarshi maydonga tushirildi.

3. Shapekoense uchun!
Umar Momani: Ronaldu, Messi, Fellayni, Ramos, Gvardiola, Konte, Shapekoense

Futbol afsonalari Ronaldino va Xuan Roman Rikelme Kolumbiyada halokatga uchragan "Shapekoense" futbol klubiga o‘z xizmatini taklif qilishdi.

4. Gvardiolaning boshi
Umar Momani: Ronaldu, Messi, Fellayni, Ramos, Gvardiola, Konte, Shapekoense

Angliya chempionatining 14-turida "Manchester Siti" o‘z maydonida "Chelsi" klubini qabul qildi va mag‘lubiyatga uchradi. Gvardiolaning taktikalari Konte mashinasi ostida "majaqlanib" ketdi.

5. Ramosning boshi
Umar Momani: Ronaldu, Messi, Fellayni, Ramos, Gvardiola, Konte, Shapekoense

Butun dunyo tomosha qilgan el-klasikoda durang qayd etildi. Haqqoniy hisob. Agarda himoyachi Serxio Ramos so‘nggi daqiqada boshi bilan gol urib, hisobni tenglashtirmaganda...

6. Fellayni — aut?
Umar Momani: Ronaldu, Messi, Fellayni, Ramos, Gvardiola, Konte, Shapekoense

Angliya chempionatining 14-turida "Manchester Yunayted" "Everton" mehmoni bo‘ldi. Katta ustunlik bilan g‘alaba qozonayotgan bir paytda katta sahnaga Fellayni chiqdi va o‘z jamoasi darvozasiga penalti ishladi. Mourino uni sotishga tap-tayyor turibdi.

7. Ronalduni quvayotgan Messi
Umar Momani: Ronaldu, Messi, Fellayni, Ramos, Gvardiola, Konte, Shapekoense

Krishtianu Ronaldu EChL guruh bosqichi doirasida 11ta gol urib, rekord o‘rnatdi. Lionel Messi esa, Momanining fikricha, unga yetib olish uchun ancha ter to‘kmoqda...

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar