Istanbulning “Beshiktash” klubi “Roma” jamoasining hujumchisi Artem Dovbykni ustuvor transfer maqsadlaridan biri sifatida ko‘rmoqda, deb Kursiv media xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, turk jamoasi vakillari allaqachon “Roma” rahbariyati bilan aloqaga chiqqan. Futbolchi shartnomasi yaqinda aynan shu jamoaga o‘tgan.
Avvalroq “Beshiktash” Eron terma jamoasi hujumchisi Mehdi Taremiga qiziqqan edi. Ammo bosh murabbiy Ole Gunnar Sulshyer yosh va harakatchanroq hujumchini afzal ko‘rmoqda.
Shu sababli tanlov Artem Dovbykka to‘xtagan. U Istanbulda ingliz futbolchisi Temmi Abraham uchun ideal sherik sifatida ko‘rilmoqda.
Abraham “Milan”da o‘zini ko‘rsata olmadi va Turkiyada karyerasini yangilashi mumkin.
Hozircha rasmiy takliflar bildirilmagan, ammo muzokaralar davom etmoqda. “Roma” esa faqatgina bozor qiymatiga mos takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.
Avvalroq “Roma”dan boshqa Istanbul klubi — “Istanbul Bashakshehir”ga Eldor Shomurodov o‘tgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!