Joau Feliksning "An-Nasr"da qancha maosh olishi ma’lum bo‘ldi

1 daqiqa o'qish9K
Joau Feliksning "An-Nasr"da qancha maosh olishi ma’lum bo‘ldi

Portugaliya milliy jamoasi tarkibidagi hujumchi Joau Feliks o‘z faoliyatida yangi sahifa ochdi. Yaqinda u Angliyaning “Chelsi” klubini tark etib, Saudiya Arabistonining eng boy jamoalaridan biri — “An-Nasr”ga o‘tib ketdi. Bu o‘tish jarayonida mashhur yulduz Krishtianu Ronalduning shaxsiy ta’siri katta bo‘lgani aytiladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu transfer haqida ilk bo‘lib Correio da Manhã nashri xabar berdi. Ushbu manba ta’kidlashicha, Joau yangi klubida “Chelsi”da olganidan ikki karradan ko‘proq maosh oladigan bo‘ldi. Ya’ni, 25 yoshli futbolchi Londonda har bir mavsum uchun 7 million yevro ishlab topgan bo‘lsa, endi ancha yuqori daromadga ega bo‘ladi.

Joau Feliks uchun “Benfika” klubi ham raqobatda bo‘ldi, o‘z tarbiyalanuvchisi bo‘lgan futbolchining xizmatlariga yillik 3 million yevro taklif qilgani ma’lum. Biroq, Krishtianu Ronalduning tashabbusi va ta’siri bilan Feliks Saudiyaning “An-Nasr” jamoasiga o‘tishga qaror qildi. Bu qaror moliyaviy jihatdan ham uning manfaatiga bo‘ldi — shayxlar unga har bir mavsum uchun 17,5 million yevro maosh to‘laydigan bo‘lishdi.

Futbol olamida taniqli insayder Fabritsio Romano esa ushbu transfer narxi 30 million yevroni tashkil etgani, ammo futbolchining samaradorligi va natijalariga qarab bu summa 50 million yevrogacha o‘sishi mumkinligini yozdi.

Yakuniy xulosa qilish mumkinki, Joau Feliks uchun bu transfer faqat yangi jamoa emas, balki moliyaviy o‘sish va karyerasida yangi bosqich bo‘ldi. Muxlislar esa, Feliksning Saudiyada qanday natijalar qayd etishini katta qiziqish bilan kuzatib borishmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?