O‘zbekiston terma jamoasi Urugvayga qarshi yana maydonga chiqadi

Noyabr oyida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Urugvayga qarshi ikki o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga chiqadi, bahslardan biri Toshkentda, ikkinchisi esa Osiyo qit'asida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Urugvay terma jamoasi 1930 va 1950 yillarda Jahon chempionatida g‘olib chiqqan nufuzli jamoa hisoblanadi. O‘zbekiston avval Urugvay bilan ikki marta uchrashib, 2018 yil Montevideoda va 2019 yilda Xitoyda o‘tgan bahslarning har ikkisida 0:3 hisobida mag‘lub bo‘lgan.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionatiga jiddiy va maqsadli tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu safar terma jamoa o‘z imkoniyatlarini eng kuchli raqiblarga qarshi sinovdan o‘tkazadi.
Championat.asia sayti tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, noyabr oyida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon futbolida katta iz qoldirgan Urugvayga qarshi ikki bor o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etadi. Qayd etish joizki, Urugvay terma jamoasi o‘z tarixida 1930 va 1950 yillarda Jahon chempionatida zafar quchgan, futbol olamida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan nufuzli jamoa hisoblanadi.
Mazkur o‘rtoqlik uchrashuvlarining biri Toshkentda, ya’ni o‘z uyimizda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Ikkinchi bellashuv esa Osiyo qit’asida tashkil etiladi. Bu ikki uchrashuv orqali milliy jamoa o‘z salohiyatini yana bir bor xalqaro miqyosda namoyon etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston ilgari ikki marta Urugvayga qarshi to‘p surgan va har ikki bahsda ham 0:3 hisobida mag‘lub bo‘lgan. Birinchi tarixiy to‘qnashuv 2018 yil Montevideoda, ikkinchi uchrashuv esa 2019 yilda Xitoyda bo‘lib o‘tgan.
Muxlislar esa, bu safargi uchrashuvlarda milliy jamoamiz qanday natija ko‘rsatishini katta hayajon va qiziqish bilan kutishmoqda. Jahon chempionati oldidan bunday kuchli raqiblar bilan bahs olib borish, shubhasiz, futbolchilar uchun katta tajriba maktabi bo‘ladi.































Izohlar 0
…