date

Yengilmas bokschi Jervonta boksdan ketmoqchi

Yengilmas bokschi Jervonta boksdan ketmoqchi

Professional boks olamida kutilmagan yangilik: amerikalik mahoratli bokschi Jervonta Devis faoliyatini yakunlash niyatida. U bu qarorni boksdan charchagani va ruhiy tug‘ri vaqt kelgani bilan izohlagan. Bu haqda mashhur boks insayderi Rik Gleyzer X (sobiq Twitter) sahifasida ma’lum qildi.

“Ishonchli manbalarga ko‘ra, Baltimorning eng taniqli bokschilaridan biri — Jervonta Devis professional ringni tark etishga qaror qilgan. U endi janglarda qatnashmaydi”, — deya yozadi Gleyzer.

Jervonta Devis 30 yoshda bo‘lib, 30 ta g‘alaba va bitta durrang natijasi bilan dunyo boksining eng kuchli va mag‘lub etilmagan sportchilaridan biri sanaladi. U 28 ta jangni nokaut bilan yakunlagan.

Uning so‘nggi jang 2025 yil 1 mart kuni Lamont Roachga qarshi bo‘lib o‘tdi va u durrang bilan yakunlangan edi. Bu natija kutilmagan bo‘lsa-da, Devisning yuksak nufuziga jiddiy ta’sir qilmadi.

Boks muhitida ushbu qaror katta shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. Muxlislar uning qayta ringga qaytishini orzu qilmoqda, lekin hozircha Devisdan rasmiy bayonot berilmadi.

Ko‘plab ekspertlar bunday qarorlar ortida ruhiy charchoq, shaxsiy hayotdagi o‘zgarishlar va kelajak rejalar yotadi, deb hisoblashmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yengilmas bokschi Jervonta boksdan ketmoqchi