date

Osiyo chempionatida 7 nafar bokschimiz ilk jangda ishtirok etishadi

Osiyo chempionatida 7 nafar bokschimiz ilk jangda ishtirok etishadi

2025 yil 30 iyuldan 12 avgustgacha Tailandning Bangkok shahrida 22 yoshgacha bo‘lgan bokschilar va qizlar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Qit’a miqyosidagi ushbu yirik musobaqada 25 ta davlatdan jami 367 nafar bokschi ishtirok etmoqda. Ulardan 220 nafari o‘g‘il bolalar, 147 nafari esa qizlardir.

Bugun, 1 avgust kuni chempionat doirasidagi ilk kungi bahslarda O‘zbekiston terma jamoasining 7 nafar vakili ringga ko‘tariladi. Ular o‘z vazn toifalaridagi ilk jangida g‘alaba uchun kurash olib boradilar.

Quyida bokschilarimizning raqiblari bilan juftliklari:

48 kg: Maftuna Musurmonova – Alanood Alg‘amdi (Saudiya Arabistoni)

54 kg: Muslima Turg‘unova – Janel Imantayeva (Qozog‘iston)

57 kg: Robiya Ravshanova – Yubeyen Seo (Janubiy Koreya)

50 kg: Odilshoh Halimov – Akash Badvar (Hindiston)

75 kg: Muhammadjon Yaqupboyev – Amirmahdi Sabzi (Eron)

80 kg: Norbek Abdullayev – Lokesh (Hindiston)

+80 kg: Islom Salihov – Beksultan Qayratuli (Qozog‘iston)

Musobaqa jarayonida bokschilarimizga omad va muvaffaqiyat tilab qolamiz. Chempionatda yosh bokschilarning faoliyati nafaqat mamlakatimiz sport sohasi, balki kelajakdagi Olimpiya umidlari uchun ham muhim ahamiyatga ega.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Osiyo chempionatida 7 nafar bokschimiz ilk jangda ishtirok etishadi