date

Farruh Sayfiyevga Ozarbayjon klubidan jiddiy qiziqish bildirilmoqda

Farruh Sayfiyevga Ozarbayjon klubidan jiddiy qiziqish bildirilmoqda

Ozarbayjonning yuqori divizionida to‘p suradigan “Zirya” futbol klubi tajribali himoyachi Farruh Sayfiyev shaxsiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda mahalliy manbalardan biri hisoblangan “TopPodcast” platformasi ijodkorlari o‘z ma’lumotlarida xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, “Zirya” klubi rahbariyati Sayfiyevning agentlari bilan muzokaralar olib bormoqda. Jamoa himoya chizig‘ini tajribali futbolchi bilan mustahkamlash niyatida va kelishuv borasida ayni paytda faol harakatlar olib borilyapti.

Ma’lumot uchun, 34 yoshni qarshilagan Farruh Sayfiyev joriy mavsum Farg‘onaning “Neftchi” jamoasi safida 12 ta rasmiy uchrashuvda qatnashib, o‘z hisobiga 1 ta gol va 1 ta assistni yozdirib qo‘ydi. Uning universalligi va pozitsion jihatdan ishonchli harakatlari sabab, unga bo‘lgan talab xorijda ham ortib bormoqda.

Futbol jamoalarida himoya chizig‘ida tajribali va liderlik qobiliyatiga ega o‘yinchilar muhim o‘rin tutadi. “Zirya” klubining Sayfiyevga bo‘lgan qiziqishi ham, aynan shu omil bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Futbolchi kelajagiga oid rasmiy qarorlar yaqin kunlarda ma’lum bo‘lishi kutilyapti.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Farruh Sayfiyevga Ozarbayjon klubidan jiddiy qiziqish bildirilmoqda