Saken Polatov “Asian Boxing” vitse-prezidenti etib saylandi

1 daqiqa o'qish459
Saken Polatov “Asian Boxing” vitse-prezidenti etib saylandi

Bugun, Tailandning poytaxti Bangkok shahrida "Asian Boxing" tashkilotining navbatdagi muhim kongress yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda Osiyo qit’asida boks sportining kelgusi yo‘nalishlari va rivojlanish strategiyalari muhokama qilindi. Shuningdek, tashkilot rahbariyati uchun yangi nomzodlar saylovi ham amalga oshirildi.

Kongress yakunida amaliy natijalardan biri sifatida, “Asian Boxing” tashkilotining prezidentlik lavozimiga yana tailandlik Pichay Chunxavajira saylandi. U o‘z vazifasini yana bir muddat davom ettiradigan bo‘ldi.

Shuningdek, vitse-prezidentlik uchun ham qit’adagi yetakchi davlatlardan bo‘lgan Qozog‘iston, Yaponiya, Filippin hamda O‘zbekiston nomzodlari o‘rtasida ovoz berish o‘tkazildi. Unda yurtimizning boks federatsiyasi raisi birinchi o‘rinbosari Saken Polatov barcha raqiblarini ortda qoldirib, vitse-prezident etib saylandi.

Ayni paytda ayollar yo‘nalishi bo‘yicha ham vitse-prezidentlikka nomzod ko‘rsatilib, bu lavozimga falastinlik Fatima Jbara Ahmed Faqeyat saylangani ma’lum qilindi.

O‘zbekiston boks federatsiyasi ushbu muhim voqea haqida rasmiy bayonot berib, milliy boksimizning xalqaro maydondagi nufuzi oshib borayotganini alohida ta’kidladi. Mazkur saylov natijalari nafaqat yurtimiz sporti, balki Osiyodagi sport hamkorliklari uchun ham katta ahamiyatga ega hisoblanadi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?