"Roma" matbuot xizmati klub tarkibiga yangi futbolchi qo‘shilganini rasman e’lon qildi. Jamoa tarkibini Italiyaning "Verona" klubidan kelib qo‘shilgan markaziy himoyachi Daniele Gilardi to‘ldirdi. Italiya yoshlar terma jamoasida to‘p surayotgan 22 yoshli futbolchi rimliklar bilan besh yillik mehnat shartnomasiga imzo chekdi.
Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, "Roma" ushbu transfer uchun "Verona" klubiga bonuslarsiz 10,5 million yevro to‘lagan. Gilardi yangi jamoasida 87-raqamli futbolka ostida to‘p surishi belgilandi.
Eslatib o‘tamiz, Gilardi o‘tgan mavsumda A Seriyadagi "Verona" jamoasida asosiy markaziy himoyachi sifatida faoliyat olib borgan va jami 24 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Biroq u hujumkor harakatlari bilan alohida ajralib turmagan.
"Roma" markaziy himoyachi Gilardi bilan besh yillik shartnoma imzoladi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar