
“Manchester Siti”ning yosh va iqtidorli futbolchisi — Klaudio Echeverri jamoani tark etishi mumkin. 19 yoshli argentinalik yarim himoyachiga Yevropaning bir nechta klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Futbol insayderi Nikolo Skiraning ma’lum qilishicha, Echeverrining xizmatlariga “Roma” va “Jirona” da’vogarlik qilmoqda. Manbaga ko‘ra, futbolchi shaxsan Italiyaga yo‘l olishni xohlamoqda, biroq “Siti” uni “Jirona”ga ijara asosida yuborishni maqsad qilgan. Hozirda tomonlar muzokaralar olib bormoqda.
Ma’lumot uchun, Klaudio Echeverri “Manchester Siti”ga 2024 yil boshida “River Pleyt” klubidan sotib olingan edi. Ammo u jamoaga faqat 2025 yilning yanvar oyida qo‘shildi. Shu vaqt mobaynida u “shaharliklar” safida 3ta uchrashuvda ishtirok etdi va bir bor darvozaga gol ura oldi.
Yosh bo‘lishiga qaramasdan, Echeverriga qiziqish kuchaymoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!