«Krasnodar» Odil Ahmedovni Xitoyga sotishi mumkin


«Krasnodar» klubi Odil Ahmedovni Xitoy klublaridan biriga sotishi mumkin. Bu haqda Fut.uz sayti yozmoqda.
Odil Ahmedov yaqinda ta’tilni o‘tkazish uchun O‘zbekistonga kelgan bo‘lsa-da, shoshilinch tarzda Krasnodarga qaytib ketgani xabar qilinmoqda. Hozircha aynan qaysi klubdan taklif tushgani aytilmayapti.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Odil Ahmedovga "Zenit" tomonidan qiziqish borligi aytilgan edi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…