date

“Barsa” Oriol Romeu bilan shartnomani bekor qilmoqchi

“Barsa” Oriol Romeu bilan shartnomani bekor qilmoqchi

“Barselona” sport direktori Deku yangi mavsum oldidan bosh murabbiy Xans-Diter Flik rahbarligidagi murabbiylar shtabi rejasiga kiritilmagan futbolchilardan xalos bo‘lish ustida ishlamoqda.

Klub tarkibini tark etishi kerak bo‘lgan o‘yinchilardan biri — 33 yoshli yarim himoyachi Oriol Romeu. “Barsa” uni bir necha vaqt avval transfer ro‘yxatiga qo‘ygan, ammo shu paytga qadar futbolchiga qiziqqan va sotib olishga harakat qilgan jamoa topilmadi.

Jurnalist Gabriel Sansning xabar berishicha, kataloniyaliklar tajribali futbolchi bilan shartnomani muddatidan oldin bekor qilishni istamoqda va bu masala bo‘yicha Romeu agentlari bilan muzokaralar olib borilmoqda. Uning amaldagi shartnomasi yana bir yilga mo‘ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Barsa” Oriol Romeu bilan shartnomani bekor qilmoqchi