Yevropa Chempionlar ligasining amaldagi chempioni sanalgan va jahon futbolidagi yetakchi klublardan biri — “Pari Sen-Jermen” (PSJ) jamoasi o‘zining asosiy va ishonchli darvozaboni Janluiji Donnarumma bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erisha olmadi. Shuning ortidan fransuz grandi 26 yoshli tajribali golkiperni transfer ro‘yxatiga kiritdi va sotuvga qo‘ydi.
Odatda bunday darajadagi o‘yinchilar bozorda katta qiziqish uyg‘otadi. Endi esa muxlislar va ekspertlar uchun eng qiziqarli savol — PSJ Donnarummani qancha mablag‘ evaziga sotmoqchi?
Give Me Sport saytining jurnalisti va futbol sohasidagi ishonchli insayder Ben Jeykobsning ma’lumotlariga ko‘ra, Parij klubi italiyalik darvozabon uchun 26 million funt (qariyb 30 million yevro) talab qilmoqda.
Qizig‘i shundaki, Transfermarkt portalida Janluijining bozor qiymati 40 million yevro etib belgilangan. Demak, PSJ uni tezroq sotib yuborish maqsadida ancha arzon narx belgilagani ko‘rinib turibdi. Bu esa top-klublar uchun juda ham foydali imkoniyat bo‘lishi mumkin.
Donnarummaning shaxsiy rejalariga to‘xtaladigan bo‘lsak, mahoratli posbon Angliya Premer-ligasida o‘ynashni qat’iy istamoqda. Shu sababli u Turkiyaning mashhur klubi “Galatasaroy” hamda Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” jamoalaridan kelgan takliflarni rad etgan.
Mutaxassislar fikricha, Angliya klublari, ayniqsa yuqori o‘rinlar uchun kurashayotgan jamoalar, Donnarummani qo‘lga kiritish uchun harakatni boshlashi ehtimoli katta. Agar u Premer-ligaga yo‘l olsa, bu uning karyerasidagi yangi va muvaffaqiyatli sahifa bo‘lishi mumkin.
Hozircha esa barcha futbol ishqibozlari PSJning ushbu qaroridan keyin qaysi klub Donnarumma uchun jiddiy qadam tashlashi va kelishuv qay tarzda yakun topishini qiziqish bilan kutmoqda.
Donnarummaning taqdiri: PSJ uni nega arzon narxga sotuvga qo‘ydi?
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar