23:50 / 11.12.2016
6 463

Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Latviyadagi xalqaro turnirda birinchi o‘rinni egalladi

Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Latviyadagi xalqaro turnirda birinchi o‘rinni egalladi

Latviya poytaxti Riga shahrida boks bo‘yicha o‘tkazilayotgan Riga Open 2016 xalqaro turniri O‘zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli o‘tdi, deb yozmoqda Kun.uz sayti.

Shvesiya, Finlyandiya, Norvegiya, Gruziya, Isroil, Rossiya, Ukraina, Belarus, Armaniston va mezbon Latviya vakillariga qarshi bahslar yakunida o‘zbekistonlik bokschilar 4ta oltin va bitta kumushga ega chiqib, umum jamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.

Dastlabki final bahsida 64 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Elnur Abduraimov rossiyalik Anatoliy Zirnov ustidan g‘alaba qozongan bo‘lsa, 56 kg vaznda Abdulxay Sharahmatov mezbon jamoa vakili Nikita Androshchuksni mag‘lub etdi.

52 kg vazn toifasida bahsga kirishgan Sirojiddin G‘ulomjonov isroillik raqibi David Alaverdianga imkoniyatni boy berdi va kumush medal bilan kifoyalandi.

Yana ikki vazn toifasidagi janglar ham O‘zbekiston vakillari foydasiga hal bo‘lib, ular ham shohsupaning eng yuqori o‘rinlaridan joy olishdi.

75 kg vazn toifasida Mahmud Gaipov belaruslik Ilyas Adzinevni engdi, superog‘ir vaznda Bahodir Jalolov latviyalik Evandres Servutsni taslim etdi.

Turnirning “eng yaxshi bokschisi” uchun sovrini Elnur Abduraimovga topshirilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Latviyadagi xalqaro turnirda birinchi o‘rinni egalladi