Portugaliya milliy terma jamoasi sardori va Saudiya Arabistonining mashhur “An-Nasr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu yangi mavsum arafasida muxlislar va jurnalistlar bilan bo‘lgan suhbatda o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari, jamoa rejalari hamda shaxsiy ambitsiyalari haqida ochiq fikr bildirdi.
Krishtianuning aytishicha, “An-Nasr” jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonini yuqori darajada va barcha jihatdan mukammal tarzda o‘tkazgan. Uning fikriga ko‘ra, mavsum davomida barqarorlik va intizomni saqlab qolish eng asosiy omillardan biri bo‘lib, shu yo‘l bilan jamoa sovrinlar uchun kurashda kuchli raqiblardan ustun kelishi mumkin.
— Jamoamizning hozirgi holati meni juda quvontiradi. Biz juda puxta va rejali tayyorgarlik olib bordik. Mavsum davomida shu kuch va birdamlikni yo‘qotmasak, albatta, bir necha sovrinni qo‘lga kiritish imkoniyatiga egamiz, — dedi Ronaldu o‘ziga xos ishonch bilan.
Jurnalist Tankredi Palmerining ma’lumotlariga qaraganda, 40 yoshli futbolchi hozirgi paytda yiliga taxminan 263 million yevro daromad ko‘rmoqda. Bu ko‘rsatkich uni dunyodagi eng yuqori maosh oladigan futbolchilardan biri sifatida mustahkam o‘rnatib qo‘ygan.
Ronaldu “An-Nasr” safida 2023 yildan beri o‘ynab kelmoqda. O‘tgan mavsumda u 25 ta gol urib, Saudiya Arabistoni chempionatida eng ko‘p to‘p kiritgan futbolchiga aylandi. Yozda esa u klub bilan kelishuvini yana ikki yilga uzaytirdi va 2027 yil 30 iyuniga qadar Riyod jamoasi sharafini himoya qilishga qaror qildi.
Krishtianuning bu qaroridan ko‘rinadiki, u Saudiyada faqat o‘zining yuqori saviyadagi o‘yinini namoyish etish bilan cheklanib qolmoqchi emas. Balki yangi rekordlar o‘rnatish, muxlislar qalbini yanada zabt etish va o‘z nomini tarixda yana bir bor yorqin iz qoldirish niyatida harakat qilmoqda.
Ronaldu yangi mavsumda g‘alabalar va rekordlar sari intilayotganini aytdi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar