Angliya futbolida katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan yangilik — “Manchester Yunayted” jamoasi Sloveniya terma jamoasi hujumchisi Benyamin Sheshkoni “RB Leypsig” klubidan rasman sotib oldi. Bu transfer nafaqat MYU muxlislarini, balki butun Yevropa futboli hamjamiyatini qiziqtirdi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, kelishuvning asosiy summasi 76,5 million yevroga teng bo‘lib, qo‘shimcha bonuslar sifatida yana 8,5 million yevro to‘lanishi mumkin. Mazkur transfer haqidagi rasmiy xabar klubning rasmiy saytida e’lon qilindi va u yerda jamoa bosh murabbiyi Ruben Amorimning fikrlari ham keltirildi.
— U biz izlagan barcha muhim xususiyatlarga ega va yosh bo‘lishi bilan ham ajralib turadi. Havodagi kurashlarda yuqori mahorati, to‘pni aniq uzatish qobiliyati hamda to‘p bilan muomaladagi chiroyli uslubi bilan ajralib turadi. Uning salohiyati ulkan va menimcha, u hali katta o‘sish yo‘lida. Shubhasiz, Sheshko klubimizda o‘zini xonadondagidek his qiladi, — dedi Amorim katta ishonch bilan.
Benyamin Sheshko “Manchester Yunayted” bilan 2030 yilgacha mo‘ljallangan uzoq muddatli shartnoma imzoladi. 21 yoshli forvard o‘tgan mavsumda Bundesliga doirasida 13 ta gol urgan bo‘lib, uning bu natijalari yosh bo‘lishiga qaramay, yuqori darajadagi hujumchi ekanini isbotlaydi.
MYU rahbariyati va muxlislari uchun bu transfer jamoaning hujumdagi salohiyatini sezilarli darajada oshirishga qaratilgan muhim qadam hisoblanadi. Sheshko esa o‘zining tezkorligi, jismoniy kuch-quvvati va gol urish instinkti bilan Premer-ligadagi eng xavfli hujumchilardan biriga aylanishi mumkin.
Bu xarid “qizil iblislar”ning yangi mavsumdagi yuqori maqsadlaridan, ya’ni ichki musobaqalar va Yevropa arenasida katta yutuqlarga erishish niyatidan dalolat beradi. Muxlislar esa endi Sheshkoning “Old Trafford”dagi ilk o‘yinini sabrsizlik bilan kutishmoqda.
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Sheshkoning transferi haqida gapirdi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar