"Andijon"ning OCHL 2 guruh bosqichidagi raqiblari aniq bo‘ldi

O'zbekiston Kubogi sohibi "Andijon" OFK Chempionlar Ligasi 2 musobaqasining "B" guruhidan joy oldi. Jamoa guruh bosqichida "Al Ahli" (Qatar), "Arqadag'" (Turkmaniston) va "Al Haldiya" (Bahrayn) klublariga qarshi bahs olib boradi. Musobaqa 16 sentyabrda boshlanib, keyingi yilning 16 mayiga qadar davom etadi. Guruh bosqichida jami 32 ta jamoa ishtirok etadi.
Kuala-Lumpurda OFK Chempionlar Ligasi 2 musobaqasi uchun qur’a tashlandi. Guruh bosqichida 32 ta jamoa ishtirok etadi. Ularning qatorida O‘zbekiston Kubogi sohibi "Andijon" klubi ham bor.
Qura natijalariga ko'ra, "Andijon" "B" guruhidan joy oldi. Raqiblar – "Al Ahli" (Qatar), "Arqadag'" (Turkmaniston) va "Al Haldiya" (Bahrayn).
Musobaqa 16 sentyabrda start oladi va keyingi yilning 16 mayiga qadar davom etadi.
Sharq mintaqasi
"A" guruhi
1. "Al Vasl" (BAA)
2. "Istiqlol" (Eron)
3. "Al Muharraq" (Bahrayn)
4. "Al Vihdat" (Iordaniya)
"B" guruhi
1. "Al Ahli" (Qatar)
2. "Andijon" (O'zbekiston)
3. "Arqadag'" (Turkmaniston)
4. "Al Haldiya" (Bahrayn)
"C" guruhi
1. "Sepaxon" (Eron)
2. "Al Hussayn" (Iordaniya)
3. "Mohun Bagan" (Hindiston)
4. "Ahal" (Turkmaniston)
"D" guruhi
1. "Al Nassr" (Saudiya Arabistoni)
2. "Al Zavraa" (Iroq)
3. "Istiqlol" (Tojikiston)
4. "Goa" (Hindiston)































Izohlar 0
…