Rossiyaning Sochi shahrida maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi jahon chempionatida o‘zbekistonlik yosh shaxmatchilar muvaffaqiyatli ishtirok etishayotgani haqida xabar bergandik. Ular mazkur chempionatda 3 oltin, 2 kumush va 3 bronza medalni qo‘lga kiritdilar.
Jahon chempionati doirasida tashkil etilgan blis – tezkor shaxmat musobaqasida medallarga sazovor bo‘lgan Nodirbek Abdusattorov va Nodirbek Yoqubboyevlar standart shaxmat bo‘yicha bahslarda ham sovrindorlar qatoridan joy oldilar.
Nodirbek Abdusattorov o‘n uch yoshgacha o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bahslarda to‘qqiz partiyaning birontasida mag‘lubiyatga uchramadi va shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.
Nodirbek Yoqubboyev esa o‘n besh yoshgacha o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bahslarda to‘qqiz imkoniyatdan etti ochko jamg‘arib, uchinchi o‘rinni egalladi.
Etti yoshgacha qizlar o‘rtasidagi bahslarda Afro‘za Hamdamova 7,5 ochko bilan oltin, Odina Olimova 6,5 ochko bilan kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Shu yoshdagi o‘g‘il bolalar o‘rtasida Humoyun Begmurodov to‘qqiz partiyaning ettitasida g‘alaba qozonib, uchinchi o‘rinni egalladi.
O‘n bir yoshgacha o‘g‘il bolalar o‘rtasida Javohir Sindorov to‘qqiz imkoniyatdan etti ochko jamg‘arib, kumush medal bilan taqdirlandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Olimlar qahvaning ichakdagi bakteriyalar tarkibiga ta’sirini aniqladi
Superliga. 2025 yilgi mavsum qachon start olishi ma’lum qilindi
AQSH Yaponiyaga HIMARS tizimlarini joylashtiradi
Finlandiyada omon qolish kurslariga yozilayotgan ayollar soni keskin oshdi
Filippin poytaxtida boshlangan yong‘inda mingga yaqin uylar yonib ketdi
Qalbaki 1 400 AQSH dollarini bankomatdan so‘mga almashtirib olgan shaxslar ushlandi