date

Superliga. «Bunyodkor» 90+3-daqiqadagi gol evaziga «Buxoro»ni mag‘lub etdi

Superliga. «Bunyodkor» 90+3-daqiqadagi gol evaziga «Buxoro»ni mag‘lub etdi

O‘zbekiston chempionatining 19-turida «Bunyodkor» o‘z maydonida «Buxoro»ni qabul qilib, qo‘shib berilgan daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi.

19-turdan o‘rin olgan mazkur "Bunyodkor"-"Buxoro" uchrashuvi 2:1 hisobida yakunlandi. Bahsdagi gollarga Matiya Krivokopich, 49 (1:0), Najmiddin Normurodov, 70 avtogol (1:1) Amir To‘raqulov, (2:1) mualliflik qilishdi.

Natijada Ilyos Zeytullayev jamoasi ochkolarini 34 taga yetkazib, 4-o‘ringa ko‘tarildi. «Buxoro» esa 14 ochko bilan 15-pog‘onada qoldi.

Superliga. 19-tur
Bunyodkor — Buxoro 2:1
17 avgust. «Jar» stadioni
Gollar: Matiya Krivokapich (49), Amir To‘raqulov (90+3) — Najmiddin Normurodov (70, avtogol).
Bunyodkor — Abdumavlon Abdujalilov, Nikoloz Mali, Najmiddin Normurodov, Martin Shroler (Rasul Yo‘ldoshev, 76), Imeda Ashortia (Ollobergan Karimov, 83), Marko Bugarin, Nosir Abdusalomov (Temurxo‘ja Abduxoliqov, 71), Asad Rahimjonov (Amir To‘raqulov, 83), Itsuki Urata, Matiya Krivokapich, Sardor Abdunabiyev (Muzaffar Olimjonov, 71)
Buxoro — Shirinboy Abdullayev, Sardor Qulmatov, Javohir Ro‘ziyev (Amir Saidov, 90+2), Toma Tabatadze (Bilol To‘pliyev, 60), Frane Chiryak (Ravshan Xayrullayev, 60), Muhammad Yo‘ldoshev, Asilbek Qayumov (Ibrohim No‘monov, 74), Dominik Begich (Azizbek Amonov, 60), Marko Kolakovich, Frane Ikich, Shahboz Jo‘rabekov
Ogohlantirishlar: Najmiddin Normurodov (40), Marko Bugarin (66).

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. «Bunyodkor» 90+3-daqiqadagi gol evaziga «Buxoro»ni mag‘lub etdi