Ispaniya La Ligasining 1-turida Diogo Simeone boshqaruvidagi "Atletiko Madrid" safarda "Espanol" bilan kuch sinashib, 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Dastlab, "matraschilar" hujumchisi Xulian Alvares jarima zarbasidan chiroyli gol urgan holda, jamoasini oldinga olib chiqdi. Biroq, ikkinchi bo‘limda kataloniyaliklar 73 hamda 84-daqiqalarda javob berib, g‘alabani ilib ketdi. Bu gollarga esa Migel Rubio va Pere Milya mualliflik qildi.
La Liga. 1-tur
Espanol — Atletiko 2:1
17 avgust, «RCDE Stadium»
Gollar: Rubio (73), Milya (84) — Alvares (37).
Espanol — Dmitrovich, Al Hiloli, Kalero (Rubio, 66), Kabrera Romero, Eksposito, Losano, Xofre (Dolan, 46), Terras (Garsiya, 46), Puado (Salinyas, 88), Fernandes (Milya, 74).
Atletiko — Oblak, Lorente, Le Norman, Hansko, Rujeri, Gallaher (Barrios, 46), Kardoso (Koke, 46), Simeone, Baena (Grizmann, 68), Almada (Raspadori, 68), Alvares (Syorlot, 82).
Ogohlantirishlar: Kardoso (42), Kalero (54), Le Norman (67), Lorente (72), Al Hiloli (74), Salinyas (90+3).
Ma’lumot o‘rnida, ushbu mag‘lubiyat orqali Madrid klubi turnir jadvalining 16-o‘rinini band qilmoqda.
"Espanol" kambek amalga oshirib, "Atletiko Madrid"ni taslim etdi (video)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar