date

"Istanbul Bashakshehir" dastlabki o‘yinda "Krayova" klubiga mag‘lub bo‘ldi

"Istanbul Bashakshehir" dastlabki o‘yinda "Krayova" klubiga mag‘lub bo‘ldi

Konferensiyalar ligasi saralashi so‘nggi bosqichidan o‘rin olgan "Istanbul Bashakshehir" - "Universitatya Krayova" klublari o‘rtasidagi bellashuvda Turkiya klub 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Ruminiya klubi futbolchilari 45+2 va 61-daqiqalarda gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Bu golga esa Festi Ebosele 87-daqiqada javob qaytardi.

Ma’lumot o‘rnida, Eldor Shomurodov bellashuvni to‘liq o‘tkazgan bo‘lsa, Abbosbek Fayzullayev 77-daqiqada zaxiradan o‘yinga qo‘shildi.

"Istanbul Bashakshehir" - "Krayova" 1:2
Gollar: Aleksandru Sidalchau (45+2, 0:1), Karlos Mora (61, 0:2), Festi Ebosele (87, 1:2).

"Istanbul Bashakshehir": Muhammad Shengezer, Onur Bulut (Festi Ebosele, 83), Leo Duarte (Jerom Opoku, 45), Osseynu Ba, Kristofer Operi, Berat Ozdemir, Deniz Turuch (Abbosbek Fayzullayev, 77), Migel Krespo (Umut Gyunesh, 83), Omer Beyaz (Ivan Brnich, 46), Eldor Shomurodov, Nunu Do Kosta.

"Krayova": Pavlo Isenko, Yuray Badelj, Vladimir Skresiu, Oleksandr Romanchuk, Nikushor Banku, Aleksandru Sidalchau (Aleksandru Kretsu, 90), Tudor Baluta, Teles (Anzor Mekabishvili, 89), Karlos Mora, Stefan Bayaram (Steven Nsimba, 72), Assad al-Hamlavi.

Ogohlantirish: Pavlo Isenko (41), Oleksandr Romanchuk (58), Muhammad Shengezer (62), Nikushor Banku (75), Aleksandru Sidalchau (90), Berat Ozdemir (90+4).

Eslatib o‘tamiz, javob bahsi 28 avgust kuni soat 22:30da start oladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Istanbul Bashakshehir" dastlabki o‘yinda "Krayova" klubiga mag‘lub bo‘ldi