Angliya Premer-ligasining yangi mavsumi endigina start olgan bo‘lsa-da, futbol olamidagi mutaxassislar, ekspertlar va tahlilchilar chempionlik atrofidagi bahslarni qizg‘in muhokama qilishga kirishib ketishdi. Ilk turdan keyinoq ko‘plab jurnalistlar va futbolda tajribaga ega odamlar qaysi klublar sovrin uchun asosiy da’vogar sifatida maydonga chiqishi mumkinligini tahlil qilishdi.
Aksariyat manbalarning fikricha, chempionlik poygasi asosan “Manchester Siti”, “Liverpul” va “Arsenal” klublari o‘rtasida kechishi kutilmoqda. Chunki bu jamoalarning tarkibi juda kuchli, futbolchilarning individual mahorati yuqori va o‘yin uslubi jihatidan ham qolganlarga nisbatan yaxshiroq shakllangani yaqqol ko‘zga tashlanmoqda.
Shu o‘rinda “Manchester Yunayted”ning sobiq sardori va himoyachisi, hozirgi kunda mashhur teletahlilchi sifatida faoliyat olib borayotgan Gari Nevill ham o‘z fikrini bildirishdan chetda qolmadi. Unga berilgan “Qaysi jamoa yangi mavsumda bosh sovrinni qo‘lga kiritishi mumkin?” degan savolga u quyidagicha javob berdi:
— Men “Arsenal”ni tanlayman. Bu tanlovim shunchaki, qaysarligimdan kelib chiqqan qaror. Ammo ochig‘ini aytsam, aslida chempionlikka asosiy da’vogar va g‘olib bo‘ladigan klub — bu “Manchester Siti”, deb hisoblayman, — dedi Gari Nevill.
Eslatib o‘tish joizki, “Manchester Siti” Angliya futboli tarixida ilk bor ketma-ket to‘rt mavsum chempionlikni qo‘lga kiritgan jamoa bo‘lgan edi. Biroq o‘tgan mavsumda ular o‘z ustunligini saqlab qololmadi va bosh sovrinni “Liverpul”ga boy berdi. Shunga qaramasdan, ko‘plab mutaxassislar Xosep Gvardiolaning yozgi transferlar orqali jamoasini yanada kuchaytira olganini va yangi mavsumda yana raqobatbardosh holatga keltirganini ta’kidlamoqda.
Futbol tahlilchilari va ekspertlarining katta qismi yangi mavsumda chempionlik masalasida asosiy kurash shu uch klub — “Liverpul”, “Manchester Siti” va “Arsenal” o‘rtasida kechishini aytishmoqda. Muxlislar esa allaqachon ushbu mavsumdagi dramatik to‘qnashuvlarni sabrsizlik bilan kutmoqda.
Gari Nevill chempionlik uchun asosiy da’vogarni tanladi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar