date

Levandovski: Xabi Alonso dunyoda eng yaxshi murabbiy bo‘ladi

Levandovski: Xabi Alonso dunyoda eng yaxshi murabbiy bo‘ladi

“Real Madrid”da yangi davr boshlandi — jamoaning bosh murabbiyligiga ispaniyalik mutaxassis Xabi Alonso tayinlandi. U bundan avval Bundesligada “Bayer” klubini muvaffaqiyatli boshqarib, Yevropa futbolida katta obro‘ topgan edi.

“Qirollik klubi”ning eng katta raqibi sanalgan “Barselona”ning yetakchi hujumchisi Robert Levandovski esa bu yangilikka befarq qolmadi. U Xabi Alonsoning imkoniyatlari va uning kelajagi haqida fikr bildirib, jamoatchilik e’tiborini tortdi.

— Menimcha, Xabi Alonso bosh murabbiy sifatida ulkan yutuqlarga erishadi. Uning kelajagi yorqin va u dunyo futbolida eng yaxshi murabbiylardan biriga aylanishiga ishonaman. Balki, eng zo‘ri ham bo‘lar. Chunki Alonso oldiga qo‘yilgan maqsadlarga yetishni biladi va jamoadan maksimal darajada foydalanishga qodir, — dedi Robert Levandovski matbuotga bergan izohida.

Eslatib o‘tamiz, “Real” rahbariyati Karlo Anchelottini iste’foga chiqarganidan keyin klub Xabi Alonso bilan rasmiy shartnoma imzoladi. Yangi kelishuv 2028 yil 30 iyuniga qadar amal qiladi.

Shu tariqa, “Santyago Bernabeu”da yangi bosqich boshlanmoqda. Alonsoning qay darajada muvaffaqiyatga erishishini vaqt ko‘rsatadi, ammo hozirdanoq unga bo‘lgan ishonch juda yuqori. Muxlislar esa yangi mavsumda “Real” qanday o‘yin namoyish etishini katta qiziqish bilan kutmoqdalar.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Levandovski: Xabi Alonso dunyoda eng yaxshi murabbiy bo‘ladi