date

"Andijon" – "Paxtakor" 2:6: ushbu kiritilgan gollarni tomosha qiling

"Andijon" – "Paxtakor" 2:6: ushbu kiritilgan gollarni tomosha qiling

Superliga 20-turida «Paxtakor» safarda «Andijon»dan ustun keldi. Gollarga boy kechgan bellashuvda «sherlar» 6:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Toshkentliklar safida tajribali yarim himoyachi Bashar Resan ikkita gol urdi va o‘yin qahramonlaridan biriga aylandi. Shuningdek, hujumchilar Dostonbek Hamdamov, Brayan Riaskos hamda Xojimat Erkinov ham hisobga o‘z hissalarini qo‘shishdi. Mezbonlar tomonidan esa Ismoil Akinade o‘zining birinchi golini urdi, Abdurahmon Abdullayev esa jamoasi uchun ikkinchi to‘pni kiritdi.

Bu g‘alabadan so‘ng «Paxtakor» o‘z ochkolari sonini 36 taga yetkazib, 4-o‘ringa ko‘tarildi.

Superliga. 20-tur
"Andijon" – "Paxtakor" 2:6
Gollar: Bashar Resan, 4 (0:1), Bashar Resan, 31 (0:2), Erjan Tokotayev, 42 avtogol (0:3), Ismoil Akinade, 70 (1:3), Abdurahmon Abdullayev, 84 (2:3), Dostonbek Hamdamov 89 (2:4), Brayan Riaskos, 90+2 (2:5), Hojimat Erkinov, 90+5 (2:6)

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Andijon" – "Paxtakor" 2:6: ushbu kiritilgan gollarni tomosha qiling