Mayor Liga Sokker (MLS) doirasidan o‘rin olgan bahsda “Inter Mayami” autsayder hisoblangan “Di-Si Yunayted”ga qarshi safarda maydonga tushib, 1:1 hisobida durang qayd etdi. Uchrashuvda muxlislar uchun eng katta hayratli jihat – jamoaning yetakchi yulduzlari Lionel Messi va Jordi Albaning maydonga tushmagani bo‘ldi.
Uchrashuvdan keyin bosh murabbiy Xaver Maskerano matbuotga izoh berib, bu qarorning sabablarini oshkor qildi.
“41 ta o‘yin o‘tkazdik va futbolchilarga navbatma-navbat imkoniyat berishga majburmiz. Chunki jamoada to‘liq va chuqur tarkib bo‘lishi shart. Shu bois Messi va Albaga dam berish to‘g‘ri qaror deb hisoblayman. Yakunda tanlovim to‘g‘ri bo‘lganiga amin bo‘ldim”, — dedi Maskerano.
Murabbiy shuningdek, o‘yinga zahiradan qo‘shilgan yulduzlar – Luis Suares, Serdji Buskets, Rodrigo De Pol va Baltasar Rodrigeslarning jamoaga qo‘shgan hissasini ham alohida ta’kidladi.
“Aslida, agar bahsning boshidanoq yuqori sur’atda o‘ynaganimizda, ehtimol g‘alaba ham bizniki bo‘lardi. Ammo shu o‘yin orqali yana bir bor tarkibning barcha a’zolariga ishonch bildirish qanchalik muhim ekanini ko‘rdik”, — deya qo‘shimcha qildi Maskerano.
Shu tariqa, “Inter Mayami” navbatdagi uchrashuvlarda qaysi yulduzlarni maydonga tushirishi va qaysi taktikani qo‘llashi muxlislar uchun yanada qiziqish uyg‘otmoqda. Bu durang esa jamoaning kelgusi yo‘nalishida qaysi jihatlarga e’tibor qaratishi zarurligini ochiq-oydin ko‘rsatib berdi.
Maskerano: “Inter Mayami”ga to‘liq tarkib zarurligini ko‘rsatdi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar