date

Aziz G‘aniyev ikki assist qildi, bu dubl uchun unga necha baho qo‘yildi?

Aziz G‘aniyev ikki assist qildi, bu dubl uchun unga necha baho qo‘yildi?

BAA Pro ligasining 2-turidan o‘rin olgan “Al Bataeh” – “Xorfakkan” bahsida o‘zbekistonlik yarim himoyachi Aziz G‘aniyev yorqin o‘yini bilan alohida ajralib turdi. Uchrashuv mezbonlar foydasiga 2:1 hisobida yakunlandi va bu natijada G‘aniyevning hissasi katta bo‘ldi.

G‘aniyev bahsni asosiy tarkibda boshlab, to‘liq 90 daqiqa maydonda harakat qildi. Eng muhimi, u jamoasi urgan har ikki golga ham assistentlik qildi. Bu orqali o‘zini jamoa uchun hal qiluvchi futbolchi sifatida ko‘rsatdi.

Sofascore statistik platformasi ham G‘aniyevning harakatlarini munosib baholadi. Nashr unga 7,4 reyting berdi. Bu esa o‘yindagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri sifatida qayd etildi.

Shu bilan, Aziz G‘aniyev nafaqat o‘z klubining muhim g‘alabasiga hissa qo‘shdi, balki o‘z o‘yini bilan muxlislar e’tiborini ham tortdi. Uning maydondagi faolligi va aniq uzatmalari jamoasi uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi.

Ma’lumot uchun, «Al-Batayeh» ushbu g‘alabadan so‘ng o‘z ochkolari hisobini 3 taga yetkazib olib, jadvalda 10-o‘rindan joy oldi. Jamoa o‘zining navbatdagi o‘yinini 30 avgust kuni BAA Liga Kubogi doirasida «Al-Nasr Dubay» klubiga qarshi o‘tkazadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Aziz G‘aniyev ikki assist qildi, bu dubl uchun unga necha baho qo‘yildi?