Bugun O‘zbekiston terma jamoasi Milliy futbol markazida CAFA turniri uchun tayyorgarlik bo‘yicha muhim yig‘inini boshladi. Jamoa bosh murabbiyi Timur Kapadze yig‘inning birinchi kunida milliy terma jamoa oldidagi maqsadlar va tayyorgarlik haqida fikrlarini bildirdi.
"Assalomu alaykum, hurmatli muxlislar. Biz yig‘inga kirishdik, orqada bizning maqsadimiz CAFA musobaqasida yaxshi natijalarga erishish. Ba’zi futbolchilarimiz bugun o‘yinda bo‘lishgani sababli yig‘inga kela olishmadi. Ammo, ertaga ularni tayyorgarlik jarayoniga qo‘shish imkoniyati mavjud. Legionerlarimiz bir necha kundan keyin kelib qo‘shiladi. Mavjud futbolchilar bilan o‘yinlarimizga tayyorgarlik ko‘ramiz. Birinchi o‘yinimizni 30 avgust kuni o‘tkazamiz, unga tayyorgarlikni va e’tiborni kuchli qilamiz."
Kapadze terma jamoasidagi har bir futbolchining ahamiyatini eslatib, har birining o‘ziga xos rolini ta’kidladi: "Har bir futbolchining o‘z o‘rni bor. Jaloliddin Masharipov — termani kuchaytirishga qodir bo‘lgan muhim futbolchi, u albatta jamoa uchun muhim. Bu futbolda uchrab turadigan holat. O‘ylaymanki, tezda tuzalib, safga qaytadi."
O‘yin jadvaliga nazar solganda, Kapadze O‘mon terma jamoasi bilan o‘yinning muhimligini ta’kidladi, chunki ularning yangi murabbiyi Karlush Keyrush. Ushbu raqibni jamoa uchun yaxshi sparring sifatida ko‘rmoqda. Shu bilan birga, "O‘mon termasi bilan o‘yinda legionerlarimiz yordam bera olishmaydi, shunday bo‘lsa-da, boshqa futbolchilarga tayangan holda eng yaxshi natijaga erishish uchun kurashamiz.", - deydi u.
O‘zbekiston terma jamoasi 30 avgust kuni "Olimpiya" stadionida O‘mon termasiga qarshi o‘yinni o‘tkazadi. O‘yin 19:30 da boshlanadi.
Timur Kapadze O‘zbekiston terma jamoasi yig‘ini haqida fikr bildirdi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar