date

«Lokomotiv» klubi «As-Sadd»dan o‘z alamini oldi

«Lokomotiv» klubi «As-Sadd»dan o‘z alamini oldi

Osiyo Chempionlar ligasining 4-turidan o‘rin olgan “Lokomotiv” va “As-Sadd” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakuniga etdi.

Bugungi o‘yinni nihoyatda yuqori kayfiyatda boshlagan “temiryo‘lchilar” yakunda shunga yarasha yirik hisobda g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi.

7-daqiqadayoq Marat Bikmaev tezkor gol kiritib, hisobni ochdi. Goldan ruhlangan Abramov shogirdlari yana oldinga tashlanishdi. Oradan etti daqiqa o‘tar-o‘tmas Bikmaev dubl qayd etdi. Shundan keyin ham har ikki jamoada gol kiritish imkoniyatlari yuzaga kelgan bo‘lsa ham, birinchi bo‘limda darvozalar boshqa ishg‘ol qilinmadi.

Ikkinchi bo‘limda tinib-tinchiman Sanjar Shoahmedov gol kiritib, hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. 79-daqiqada esa zaxiradan maydonga tushgan Damir Koyashevich Temurxo‘ja Abduxoliqovning faolligi evaziga gol kiritib, hisobni 4:0 bo‘lishini ta’minladi.

90-daqiqada esa Koryanning o‘ng qanotdan kirib borishi juda chiroyli gol bilan yakunlandi.

Shu tariqa Vadim Abramov shogirdlari o‘tgan turda “As-Sadd”dan qabul qilib olingan 6:2 hisobidagi mag‘lubiyat alamini olishga muvaffaq bo‘lishdi.

“Lokomotiv” – “As-Sadd” 5:0
Gollar: M.Bikmaev (7, 14), S.Shoahemdov (53), D.Koyashevich (79), R.Koryan (90).
“Lokomotiv”: Ma’mur Ikromov, Shavkat Mullajonov Islom To‘xtaxo‘jaev Nemanya Yanichich, Lutfulla To‘raev Jasur Hasanov (kichik), Sanjar Shoahmedov Ikrom Aliboyev Jasur Hasanov (katta), Marat Bikmaev Sardor Mirzaev.
“As-Sadd”: Naim Muhannad, Hasan Abdulkarim, Muhammad Kasola, Ali Asad, Maruqiy, Ibrohim Xalfan, Alhaydos Hasan, Grafite, Nodir Belxodj, Li Jun Su, Muhammad Musaab.

Manba: www.uff.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » «Lokomotiv» klubi «As-Sadd»dan o‘z alamini oldi