date

Tojiyev: "Paxtakor" ham kubok, ham chempionatda g‘alaba uchun kurashadi

Tojiyev: "Paxtakor" ham kubok, ham chempionatda g‘alaba uchun kurashadi

O‘zbekiston kubogi chorak finalida "Paxtakor" o‘z maydonida "Mash’al" ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi. Uchrashuvdan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiyev matbuot anjumanida jurnalistlar savollariga javob berdi.

O‘yin haqida
— Birinchi bo‘limdayoq uchta gol urib, asosiy ustunlikni qo‘lga kiritdik. Oldingi uchrashuvdan keyin biroz charchoq bor edi, ammo yigitlar yurakdan harakat qilishdi. Eng muhimi, vaziyatlardan unumli foydalandik, — dedi murabbiy.

Penalti vaziyati haqida
— Riaskos va Hamdamov o‘rtasida kichik kelishmovchilik bo‘ldi. Bu futbolda tabiiy holat. Bunday epizodlar vaqt-vaqti bilan yuzaga kelishi mumkin, — deb izoh berdi Tojiyev.

Kubok yoki chempionat — qaysi biri ustuvor?
— Ikkala frontda ham oxirigacha harakat qilamiz. Kubokda ham, Superligada ham "Paxtakor"ning asosiy maqsadi g‘alaba, — dedi murabbiy qat’iy tarzda.

Tojiyevga qo‘yilgan vazifalar
— "Paxtakor" tarkibida 2002 yilda futbolchi sifatida o‘ynaganman. Bu klubda qaysi vaqtda kelsangiz ham, oldingizga doim oliy maqsad qo‘yiladi. Bu haqda menga alohida eslatish shart ham emas edi, — dedi murabbiy.

Sergeyevning o‘yin vaqti haqida
— Birinchi bo‘limda natija hal qilingan bo‘lsa ham, Sergeyevni uzoq zaxiraga olmadik. Oldinda tanaffus bor, keyin esa "Neftchi" bilan muhim bahs va terma jamoa yig‘ini kutmoqda. Undan gol kiritishda biroz omad yo‘qolgandi. Biz unga ishonamiz va ishonchini tiklab olishi uchun vaqt berdik. Biroz maydonda bo‘lishni o‘zi ham istadi. Keyin esa uni zaxiraga oldik, — deya izoh berdi Tojiyev.

Muttaxassis so‘zlariga ko‘ra, "Paxtakor" har ikki musobaqada ham maksimal natija uchun maydonga tushishni maqsad qilib qo‘ygan. Muxlislar esa jamoaning keyingi o‘yinlarini katta qiziqish bilan kutmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Tojiyev: "Paxtakor" ham kubok, ham chempionatda g‘alaba uchun kurashadi