Stambul klubi «Istanbul Başakşehir» matbuot xizmati Abbosbek Fayzullayevning Moskva CSKA’dan o‘tganidan keyingi ilk haftalari haqida Chempionat nashri bilan ma’lumot berdi.
Klub vakili Gökhan Yilmazning so‘zlariga ko‘ra, yarim himoyachiga moslashish davri talab qilinmadi. O‘zbek ildizi futbolchiga katta yordam bergan. Turkiyada Fayzullayev o‘zini til va madaniyat jihatidan qulay muhitda his qiladi.
O‘tgan hafta xavbek Yevropa konferensiyalar ligasida debut qilgan. «Başakşehir» shtabi ta’kidlashicha, birinchi o‘yinda ham u eng yaxshi sifatlarini namoyish qilgan.
CSKA’da u 2023 yil avgustdan turib 72 o‘yin o‘tkazgan, 8 ta gol urgan va 22 ta golli pas bergan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Fayzullayev narxi 8 mln evroga baholangan.
Manba: Kursiv media
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!