15:15 / 16.12.2016
5 808

«Barselona» Luis Suares bilan shartnomani 2021 yilgacha uzaytirib, uning tovon pulini 200 mln evro qilib belgiladi

«Barselona» Luis Suares bilan shartnomani 2021 yilgacha uzaytirib, uning tovon pulini 200 mln evro qilib belgiladi

«Barselona» jamoasi rahbariyati klub hujumchisi Luis Suares bilan amaldagi kelishuvi muddatini 2021 yilgacha uzaytirdi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.

Yangi shartnomaga muvofiq, urugvaylik 29 yoshli futbolchining tovon puli 200 million evro qilib belgilandi. Ya’ni, Suaresning transferini uning kataloniyaliklar bilan kelishuvi muddati yakuniga etmay turib sotib olmoqchi bo‘lgan jamoa 200 million evro to‘lashi kerak bo‘ladi.

Luis Suares 2014 yili Angliyaning «Liverpul» klubidan «Barselona» safiga keshib qo‘shilgandi. Shu vaqtigacha u kataloniyaliklar libosida 116 uchrashuv o‘tkazib, 97 ta gol kiritdi va 8 ta sovringa ega chiqdi.

Qayd etish joiz, «Barselona» joriy yilda himoyachi Xaver Maskerano va hujumchi Neymar bilan shartnomasini mos ravishda 2019 va 2021 yilgacha uzaytirgandi. Kataloniyaliklar klub etakchisi Lionel Messi bilan 2018 yilning 30 iyunigacha davom etadigan kelishuvini uzaytirish borasida muzokaralar olib bormoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Barselona» Luis Suares bilan shartnomani 2021 yilgacha uzaytirib, uning tovon pulini 200 mln evro qilib belgiladi