date

Yevropa Chempionlar Ligasi umumiy bosqichiga qur’a tashlandi

Yevropa Chempionlar Ligasi umumiy bosqichiga qur’a tashlandi

Monako shahrida Yevropa Chempionlar Ligasi umumiy bosqichiga qur’a tashlandi.

Turnirda 36 ta klub ishtirok etadi. Ular 4 ta savatga ajratilgan. Umumiy bosqichda har bir jamoa 8 tadan o‘yin o‘tkazadi: 4 tasi uyda, 4 tasi safarda.

36 ta klubning barcha natijalari umumiy jadvalda joylashtiriladi. Yuqori o‘rinni egallagan 8 ta klub 1/8 finalga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘l oladi. 9-o‘rindan 24-o‘ringacha bo‘lgan jamoalar juftlik bahslarini o‘tkazadi. 25-o‘rindan 36-o‘ringacha bo‘lgan jamoalar musobaqani tark etadi.

Chempionlar Ligasi umumiy bosqichi o‘yinlari 16 sentyabr - 28 yanvar kunlari bo‘lib o‘tadi. O‘yinlarning aniq sanalari 30 avgustda ma’lum bo‘ladi.

Abduqodir Husanov to‘p tepadigan «Manchester Siti» quyidagi raqiblar bilan bellashadi: «Borussiya», «Real», «Bayer», «Vilyarreal», «Napoli», «Budyo-Glimt», «Galatasaroy», «Monako».

Musobaqada birinchi marta ishtirok etayotgan Qozog‘istonning «Qayrat» klubi qur’aga ko‘ra o‘z maydonida «Real Madrid», «Bryugge», «Olimpiakos» va «Pafos» bilan o‘ynaydi. Shuningdek safarda «Arsenal», «Inter», «Sporting» va «Kopenhagen» klublari bilan kuch sinashadi.

Qur’a natijalari quyidagicha bo‘ldi.

1-savatdagi jamoalarning guruh bosqichidagi barcha raqiblari.

2-savatdagi jamoalarning guruh bosqichidagi barcha raqiblari.

3-savatdagi jamoalarning guruh bosqichidagi barcha raqiblari.

4-savatdagi jamoalarning guruh bosqichidagi barcha raqiblari.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yevropa Chempionlar Ligasi umumiy bosqichiga qur’a tashlandi